Qozog‘istonda Abay kuni nishonlanmoqda

Qozog‘istonda Abay kuni nishonlanmoqda

Qozog‘istonda buyuk qozoq shoiri va pedagogi Abay Kunanboyev tavalludining 178 yilligi nishonlanmoqda.

Qozog‘iston hukumatining 2020-yil 4-avgustdagi qaroriga binoan qozoq shoiri Abayning tavallud topgan kuni (1845-yil 10-avgust) Qozog‘istonda rasman bayram sanasiga aylandi.

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston xalqini bayram bilan tabrikladi.

“Barchani Abay kuni bilan tabriklayman! Buyuk shoir xalq ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan. Uning o‘gitlari o‘sib kelayotgan avlod uchun ma’naviy-axloqiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. “Adal azamat” tushunchasi uning “Komil inson” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Bizning burchimiz Abayning bebaho merosini e’zozlashdir”, — deb yozdi davlat rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!