Qozog‘iston va Misr 14 kun davomida o‘zaro vizasiz rejim joriy etish masalasini ko‘rib chiqadi

Qozog‘iston va Misr 14 kun davomida o‘zaro vizasiz rejim joriy etish masalasini ko‘rib chiqadi

Qozog‘iston va Misr 14 kunga o‘zaro vizasiz rejim joriy etish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Asxat Oralovning Arab Respublikasi elchisi Manal Elshinnaviy bilan uchrashuvida so‘z yuritildi, deb xabar beradi Kazinform.

Manal Elshinnaviy Misr qozog‘istonlik sayyohlar uchun 3-o‘rinda turishini ta’kidlab, o‘zaro 14 kunlik vizasiz rejimni joriy etishdan manfaatdorligini bildirdi.

“Biz ham bu masala ustida ishlaymiz. Qozog‘istonning Misrdan kelgan mehmonlarga taklif qiladigan narsasi bor, jumladan, mamlakatimiz turizm sohasidagi investisiya loyihalari ham bor”, — dedi O‘ralov.

Shuningdek, yaqin kunlarda Qozog‘iston delegasiyasi “az-Zahir Beybaris” masjidining ochilish marosimi va Sulton Beybarsga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun Misrga tashrif buyurishi xabar qilingan. Bu yil Qozog‘iston o‘zining 800 yilligini nishonlaydi.

Bundan tashqari, tomonlar joriy yilning noyabr oyida hukumatlararo komissiyaning VI yig‘ilishini o‘tkazish masalasini muhokama qildilar va Elshinnaviy Qozog‘iston Milliy muzeyida Mamluklar davri islom madaniyati ko‘rgazmasini o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!