Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini tekshirmoqchi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini tekshirmoqchi. Bunga chegaradagi turnaqator navbatlar sabab bo‘ldi, deb yozadi @sputnikKZ.
Kecha Qozog‘iston va O‘zbekiston mas’ullari uchrashuv o‘tkazgan. Yuk mashinalari oqimini “Qozigurt” nazorat punktidan boshqalariga yo‘naltirishga qaror qilingan.
Vazirlikning ta’kidlashicha, may oyidan O‘zbekistondan Qozog‘istonga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti an’anaviy tarzda oshgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)