Qozog‘iston prezidenti qiynoqlar uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi

Qozog‘iston prezidenti qiynoqlar uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi

Qozog‘iston rahbari «Ayrim qonun hujjatlariga jinoyat prosessi, jazoni ijro etish, shuningdek, qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalalarning oldini olish sohasidagi inson huquqlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatda ommaviy tartibsizliklarni qo‘zg‘atish, jumladan, telekommunikasiya tarmoqlaridan foydalanish, jinoiy guruh tarkibida sodir etilgan bezorilik, o‘ziga xos behayolik bilan va jinoiy guruh tarkibida sodir etilgan qotillik va banditizm uchun sanksiyalarni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Bu qonun Qozog‘istonning qiynoqlar va boshqa shafqatsiz munosabat shakllariga barham berish, ushbu masalalar bo‘yicha xalqaro normalarni milliy qonunchilikka tatbiq etish, mahkumlar huquqlarini kengaytirish va salbiy qamoqxona submadaniyati shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirayotgan izchil qadamlarining davomi bo‘lishi aytilmoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishlar inson huquqlari kafolatlarini mustahkamlash va mahkumlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash, ularning xavfsizligini oshirish, axloq tuzatish va ijtimoiy reabilitasiya qilish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!