Qozog‘iston fond birjasi (KASE) Moskva birjasi (MOEX) bilan 2018 yildan boshlab strategik hamkorlik shartnomasi asosida tuzilgan munosabatlarini to‘xtatganini e’lon qildi.
Bundan tashqari, Moskva birjasi KASE aksiyadorlari tarkibidan ham chiqdi. Qozog‘iston Milliy banki raisi Timur Suleymenov 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Moskva birjasini KASE aksiyadorlari tarkibidan chiqarish bo‘yicha «prinsipial qaror» qabul qilinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarorni Qozog‘iston tomoni ham, Rossiya tomoni ham qo‘llab-quvvatlagan.
Qayd qilinishicha, bunga Moskva birjasining sanksiyalar ostiga tushgani va Qozog‘iston birjasi faoliyatiga «xalaqit» berishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
KASE aksiyalarining 13,1 foizi Moskva birjasiga tegishli edi.
Avvalroq, Qozog‘iston birjasi Moskva birjasidan o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish masalasini muhokama qilmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi. Bu 12 iyun kuni Moskva birjasi Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi bilan birga AQSh sanksiyalari ostida qolganidan keyin sodir bo‘ldi. Qozog‘iston birjasi ta’kidlaganidek, uning aksiyadorlari orasida sanksiyalangan shaxsning mavjudligi xorijiy moliyaviy tashkilotlar va sheriklar bilan biznes aloqalarini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashni cheklaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Ташкилот конгрессида 2030 йилги мундиал бир вақтнинг ўзида олти мамлакат - Марокаш, Испания, Португалия, Аргентина, Уругвай ва Парагвайда ўтиши белгиланди.
Бир кун аввал Сурия мухолифати Дамашқ ва унинг атрофида «пойтахтнинг марказий маҳаллаларида оммавий талон-торож қилишни тўхтатиш» мақсадида жорий қилган комендантлик соати бекор қилинди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.