Qozog‘iston BMT Taraqqiyot maqsadlari markazini tashkil etishda Qo‘shma Shtatlarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda

Qozog‘iston BMT Taraqqiyot maqsadlari markazini tashkil etishda Qo‘shma Shtatlarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda

Qozog‘iston rahbariyati Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari markazini tashkil etishda Qo‘shma Shtatlar ko‘magiga umid qilmoqda.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Qosim-Jomart Tokayevning Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh davlat rahbarlarining uchrashuvidagi ishtiroki yakunlari haqida ma’lum qildi.

“Qozog‘iston Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini tashkil etishda Qo‘shma Shtatlarning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv N’yu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Muhokama chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlari xavfsizlik muammolari, jumladan, kibertahdidlar, terrorizm, zo‘ravon ekstremizm, noqonuniy migrasiya va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishini hal etishda hamkorlikni mustahkamlash istiqbollariga to‘xtaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!