Qozog‘iston aprel oyida Germaniyaga 100 ming tonna neft yetkazib bermoqchi

Qozog‘iston aprel oyida Germaniyaga 100 ming tonna neft yetkazib bermoqchi

Qozog‘iston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neftni tashish jadvaliga muvofiq, «QazTransOil» AJ aprel oyida «Adamova Zastava» neft stansiyasining «Drujba» neft quvuri orqali Germaniyaga 100 ming tonna Qozog‘iston neftini jo‘natishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning fevral-mart oylarida «QazTransOil» AJ Germaniyaga 40 ming tonna Qozog‘iston neftini jo‘natgan.

2022 yil dekabr oyida «QazTransOil» AJ 2023 yilda «Adamova Zastava» neft stansiyasining «Transneft» OAJ magistral neft quvuri orqali Germaniyaga 1,2 million tonna neft yetkazib berish bo‘yicha ariza bergan edi.

Neftning ushbu tranziti 2002 yil 7 iyundagi Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston fevral oyida Germaniyaga 20 ming tonna, mart oyida 20 ming tonna, jami 40 ming tonna neft jo‘natgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!