Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini qayta tiklash haqida ko‘rsatma berdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini qayta tiklash haqida ko‘rsatma berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini qayta tiklash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi, deya xabar bermoqda Tengrinews. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Berik Vali ma’lum qilgan.

«Myunxen (Germaniya)da ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan prezident Qosim-Jo‘matrt To‘qayev Qozog‘istonda internet faoliyatida uzilish bo‘lganidan xabar topdi. Davlat rahbari barcha axborot resurslari faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — deb yozdi prezidentning matbuot kotibi.

Avvalroq Qozog‘istonda Instagram, YouTube, Google, Telegram’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishda ommaviy nosozliklar kuzatilgani, biroq VPN orqali kirilganda bu servislar yuklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayni vaqtda Facebook va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlar hech bir muammosiz ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!