Qoraqalpog‘istondagi yoqilg‘i quyish shaxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi (VIDEO)

Qoraqalpog‘istondagi yoqilg‘i quyish shaxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi (VIDEO)

Joriy yilning 2 iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Ikrom Aziz” MCHJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shahobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.

 

FVV taqdim etgan birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta “ZIL-130” yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, tahminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan.

Mazkur holat yuzasidang voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan.  

Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.

Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!