Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

A A A
Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

Joriy yil 1 va 2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan voqealar ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining tinchini buzdi.

Bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo‘lib yashaydi. O‘zbekistonni umumiy uyimiz, deydi. Biz qaysi millat yoki elat vakili bo‘lmaylik, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikdan quvonib, kun sayin taraqqiy topayotgan Vatanimizdan faxrlanib yashaymiz. Tinch-osuda o‘tgan har bir kunimizga shukronalar aytamiz.

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

Bu oliy ne’matga ko‘z olaytiruvchilar qimirlab qolganligini qo‘shni mamlakatlar misolida ko‘rib, har safar vujudimizni bunday g‘alamislarga nisbatan nafrat egallardi. Nukusda bo‘lgan notinchliklar minglab yillardan buyon tarixi bir, ildizi bir, o‘zagi bir, turmushi bir, tili-yu dili va dini bir bo‘lgan yurtdosh do‘stlarimizning ishi emasligi oydek ravshan.

Vaziyatni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun bir guruh mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar 6 iyul kuni Nukus shahriga bordik. Ommaviy tartibsizliklar bo‘lgan maydonlarni ko‘zdan kechirdik.

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

Eng muhimi, Qoraqalpog‘istonda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Ko‘chalarda odatiy hayot tiklangan, maktab va bog‘chalar, ijtimoiy ob’ektlar ishlab turibdi. Bozorlarda odamlar gavjum.

Mard va donishmand qoraqalpoq qadrdonlarimiz vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda, provokasiyalarga uchmasdan, ommani to‘g‘ri yo‘ldan toydirishga urinayotgan ayrim g‘araz niyatli shaxslarning gapiga kirmay, o‘z vaqtida tartibsizliklarni to‘xtatishgan.

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi komendaturasi vakili Zafar Alimov o‘sha kungi voqealar hamda hozirgi holat haqida batafsil ma’lumot berdi:

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

"– 2022 yilning 1 iyul kuni soat 14:00 da Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovich Nukus shahri “Qum ovul” MFYda joylashgan “Salmen ota” masjidi yonida juma namozini o‘qib chiqayotgan fuqarolarga murojaat qilib, 5 iyul kuni soat 17:00 da mitingga chiqishga chaqiradi. Uning chaqirig‘i yozilgan videolavhalar tarafdorlari tomonidan internet tarmog‘iga joylashtirilib, tarqatiladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ ma’sul xodimlari tomonidan Tajimuratov Dauletmurat aholini mitingga chaqirishdan ko‘zlangan maqsadi nima ekanligini aniqlash va miting o‘tkazish tartibini tushuntirish hamda profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida Nukus shahar IIO FMBga olib kelinadi.

Shundan so‘ng, 20-25 nafar fuqaro “D.Tajimuratov hibsga olindi” deb, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV 2-son Tergov hibsxonasi oldiga yig‘ilishadi va Nukus shahri “Mir” ko‘chasi bo‘ylab T.Qayipbergenov ko‘chasi orqali “Markaziy dehqon bozori” tomonga qarab norozilik yurishini amalga oshirishadi.

Yo‘l-yo‘lakay ular boshqa fuqarolarni ham o‘zlari bilan birga yurishga chaqiradi. Namoyishchilar soni ortib, qisqa vaqt ichida 10 mingga yetadi.

Shu fursatda fuqarolarni tinchlantirish uchun tegishli choralar ko‘rilib, voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Kamalov, ichki ishlar vaziri A.Orinbayev va boshqa rahbarlar yetib boradi. Ular bilan uchrashib, talablarini eshitadi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi M.Kamalovga fuqarolar D.Tajimuratovni shu yerga olib kelish talabini qo‘yishgandan so‘ng, u yerga D.Tajimuratov olib kelinadi. Namoyishchilar olomondan foydalanib, Jo‘qorg‘i Kenges raisi M.Kamalovning xizmat avtomashinasining tom qismiga D.Tajimuratovni chiqarib, unga to‘n kiydirib, yangi rahbar deb e’lon qilmoqchi bo‘ladilar.


Yig‘ilganlar bilan muzokoralar olib borilishiga qaramasdan, ular amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirish, hokimiyatni bosib olish, qonuniy tayinlangan hokimiyat vakilini chetlatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi binosi tomon qarab harakatlanadilar. Ular harakat davomida o‘zlari bilan turli yog‘och tayoq, tosh, temir jismlarni ko‘tarishib, harbiy xizmatchilarga faol qarshilik ko‘rsatishadi. Shuningdek, tartibbuzarlar harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ulardan maxsus vositalarini tortib olishga urinishadi.

Olomonni Jo‘qorg‘i Kenges binosi atrofida ommaviy tartibsizliklari ularga tushuntirish ishlari olib borilishi, XMQOlarning kuch vositalari taqsimlab qo‘yilishi, maxsus vositalarning o‘z vaqtida to‘g‘ri qo‘llanilishi natijasida bartaraf etilishiga erishiladi.

2022 yilning 2 iyul kuni esa soat 08:00 larda Tajimuratov Dauletmuratning yashash xonadoni oldida 70 nafar mahalla aholisi to‘planadi. Tezkor ko‘rilgan choralar natijasida ular soat 08:40 da tarqatib yuboriladi.

Biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi tumanlarida ham fuqarolar to‘planib, Nukus shahri tomon harakatlanadilar.

Namoyishchilarning bir qismi ularga tushuntirish berilganidan so‘ng tarqaladi. Lekin qolgan jinoiy unsurlar tomonidan da’vat qilinganlari Nukus shahri tomon harakatlanadilar. Olomon o‘z talablarini tinchlik yo‘li bilan rahbariyatga yetkazmasdan, tartibbuzarliklar keltirib chiqara boshlaydi.

Misol tariqasida keltirib o‘tadigan bo‘lsak, shu kuni soat 13:40 larda Shumanay – Qonliko‘l tumanlari kesishmasida joylashgan “Sarioltin” MFYdan o‘tuvchi avtomagistral trassada taxminan 50 nafar fuqaro to‘planib, yo‘lni to‘sishadi;

Soat 14:45 larda Nukus tumanidagi Xalq banki binosi oldida to‘plangan 500 ga yaqin fuqaro Nukus shahridagi blok-postga xujum uyushtirib, xizmat olib borayotgan 8 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga tan jarohati yetkazib, ularning maxsus vositalarini (rasiya, dubinka, kaska, shumovaya granata, shit) egallab olishadi;

Soat 15:00 larda Nukus shahar "Imom eshon Muhammad" masjidi oldida taxminan 300 nafar fuqaro to‘planib, avtomashinalarning shinalarini yoqib yuborishadi;

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

Soat 15:05 larda Nukus shahar Oydin yo‘l ko‘chasi bo‘ylab taxminan 500 nafar fuqaro to‘planib, avtomashinalarning shinalarini yoqib, bekatlar oynalarini sindiradi va qo‘llarida shisha idishlardan yasalgan (kokteyl molotova) hamda tosh va amalda jarohat yetkazishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan qurollanib, Ichki ishlar organi binosini egallash maqsadida Nukus shahar IIO FMB binosi tomon harakatlanishadi;

Soat 20:00 larda Kegeyli tumanidan Nukus shahriga kirish qismida joylashgan “Kuo‘anish Jarma” blok-postiga olomon tomonidan 20 taga yaqin og‘ir va yengil avtomashinada hujum qilinadi va blo- post yoqib yuboriladi;

Soat 21:15 larda Nukus shahar IIO FMB “Maxsus qabulxonasi”ga taxminan 200 nafar fuqaro tomonidan hujum qilinib, bino hududi atrofida avtomobil balloni yoqib yuboriladi.

Bundan tashqari, tartibbuzarlar Nukus shahri ko‘chalarida harakatlanayotgan fuqarolarga tegishli "MAN" va "KAMAZ" rusumli avtomashinalarni hech bir sababsiz yoqib yuboradi, XMQOga tegishli maxsus transport vositalariga turli darajada shikastlar yetkazadi.

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

Shundan so‘ng soat 22:35 larda mazkur holatlarga barham berish maqsadida yordamchi kuchlar zudlik bilan yetib keladi va «dimovaya shashka» maxsus vositalari orqali to‘plangan fuqarolarning bir qismini tarqatishga erishiladi. Soat 04:30 larda esa namoyishchilarning qolgan qismi ham to‘liq tarqatib yuboriladi.

Namoyishchilar orasida agressiv harakat qilayotganlarining aksariyati spirtli ichimlik va giyohvand moddalar ta’siri ostida bo‘lgani va ular XMQO xodimlariga turli ko‘rinishda hujumlar qilganligi kuzatildi.

Tartibbuzarlarga nisbatan XMQO xodimlari tomonidan ularni tarqatib yuborish uchun maxsus qurollardan foydalanildi. Shu o‘rinda qo‘llanilgan “Tovush va yorug‘lik orqali ta’sir etuvchi, ko‘zni yoshlantiradigan, tutun hosil qiladigan granatali otilmalar” vositasi haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Texnik xususiyatiga ko‘ra, ushbu vositalar olomonga qarata otilganda 50-400 metrgacha masofada yerga tushadi va qisqa vaqtda kichik detonasiya sodir bo‘lib, ko‘zni yoshlantiruvchi tutun va eshitish organiga ta’sir qiluvchi tovush hamda yorug‘lik tarqatadi. Aksariyat holatlarda granata otilgandan keyin olomon orasiga borib tushganda odamlar u yerdan uzoqlashadi, lekin kecha sodir bo‘lgan voqealarda spirtli ichimlik va giyohvand moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxslar granata borib tushgandan so‘ng undan uzoqlashmasdan, aksincha, uni olib harbiylarga qaytarib otishga harakat qilishgan holatlar kuzatildi. Bu esa o‘zining salbiy oqibatini keltirib chiqarib, portlash natijasida bitta holatda fuqaroning yuz qismiga jarohat yetkazdi. Yana bir holatda esa granataning ustiga yiqilganligi natijasida dumg‘aza qismida detonasiya sodir bo‘lib, og‘ir tan jarohati oldi. Ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqaldi va hozirda qanday qurol qo‘llanilganligi haqida noto‘g‘ri fikrlar ham paydo bo‘lib muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro shifoxonalarga murojaat qilgan, ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolajalarni uyida davom ettirishga ruxsat berilgan. Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda. Jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor.

14 nafar fukaro tartibsizliklar sodir bulgan joyda turli jarohatlar olib, vafot etgan, ulardan 13 tasi alkogol va giyohvand ta’sirida bo‘lganligi aniklangan.

Vafot etganlar orasida xizmat burchini bajargan 4 nafar harbiy xizmatchi ham bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur voqealar ro‘y bergan kunlari ikki marta Nukus shahriga tashrif buyurib, Qoraqalpog‘iton Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi a’zolari, faollar bilan uchrashib, barcha masalalarga oydinlik kiritdi. Nukus shahridagi mahallalarda bo‘lib, aholi bilan uchrashib, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari bir tanu bir jon ekanligini ta’kidladi. Qoraqalpoq xalqining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuvlar aholini tinchlantirdi va namoyishchilarning tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Hozirda vakolatli davlat organlari tomonidan yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda. Jinoyat ishlari natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot tergov harakatlari to‘liq, xolisona, qonuniy o‘tkazilgandan keyin taqdim etiladi.

Hozirgi kunda Prezident farmonidan kelib chiqib Favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Hududga kirish va chiqish, maxsus toifalangan ob’ektlar, yashash maromini ta’minlovchi tashkilotlar faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilib, nazoratga olingan. Nukus shahri va boshqa tumanlar tinch-osuda hayot tartibiga qaytmoqda, – dedi Zafar Alimov".

Internetda “Nukus ko‘chalari qonga to‘ldi” degan izoh bilan video tarqalgandi. Keyinchalik ushbu videoda qon emas, balki olomonni tarqatish uchun sepilgan qizil rangli maxsus suv ekanligi ma’lum qilingandi.

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari e’lon qilindi (VIDEO)

O‘zA ushbu vaziyatga yanada oydinlik kiritish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi komendaturasidan izoh oldi.

Qoraqalpog‘iston bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor A.Abduvaliyevning ma’lum qilishicha, haqiqatdan ommaviy tartibsizliklar bo‘lgan paytda odamlarni tarqatish maqsadida qizil bo‘yoq qo‘shilgan suv sepilgan. Bundan maqsad namoyishchilarni tezda tanib olish va ularni tinch aholidan ajratish bo‘lgan.

Mas’ulning ta’kidlashicha, ushbu bo‘yoq inson salomatligi uchun xavfsiz.

Qoraqalpog‘iton Respublikasi Jo‘qorig‘i Kengesi deputati Ahmad Reymov ta’kidlashicha, hozir hududda hamma narsa barqaror. Barcha tashkilot va muassasalar odatiy holatda ishlamoqda.

– Namoyishlar bilan ko‘chaga chiqqan fuqarolarni yo‘naltirgan odamlar ham bo‘lgan, – deydi Ahmad Reymov. – Namoyishchilar qo‘lbola vositalar, armatura bilan chiqishdi. Menimcha, 80 foizi g‘ayritabiiy holatda edi. Endi vaziyat barqarorlashdi. Bizga tinchlik kerak.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

Ukraina urushi yangi xavfni ochib berdi: «Hizbulloh» Isroilga qarshi optik tolali FPV dronlar bilan hujum qilmoqda

Ливандаги «Ҳизбуллоҳ» гуруҳи Исроилга қарши ҳужумларда янги авлод ФПВ дронларидан фаол фойдаланмоқда.

Kuba AQShga «qonli qirg‘in» bilan tahdid qildi

Гавана юзлаб ҳарбий дронлар ҳақидаги хабарлар ортидан эҳтимолий зарбанинг оқибатлари ҳақида огоҳлантирди.

Qashqadaryo viloyatida tarvuz eksporti boshlandi

Қашқадарё вилоятининг Кўкдала туманида кўп йиллардан буён эрта пишар тарвуз етиштириш анъанаси давом этмоқда

Kreml Putinning Xitoyga tashrifidan katta umid qilayotganini bildirdi

Россия жорий ҳафтада Владимир Путиннинг Хитойга уюштирадиган ташрифига катта умид боғламоқда.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.