Qoraqalpog‘istonda noyob o‘simlik xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilyaptimi?

Qoraqalpog‘istonda noyob o‘simlik xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan sho‘ravor sistanxe o‘simligi xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilmoqda» nomli xabar tarqalgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yil 26 aprel kuni ushbu mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan To‘rtko‘l tumanida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida, To‘rtko‘l tuman “Anhorli” MFYdagi Bog‘yop kanali ishchisi, Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Janning kanalni qazish ishlarini olib borishi davomida kanal bo‘yidan taxminan 1-2 kg. sistanxe o‘simligini topib olib, quritib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.

Surishtiruv natijasida sistanxe o‘simligi ildizlarini choyga, ovqatga solish maqsadida olganligi aniqlangan. Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun talablari tushuntirilgan va bu holat qayta takrorlanmasligi uchun Janningdan tushuntirish xati olinib, yozma ogohlantirish berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!