Qora choy haqida 8 ta fakt

Qora choy haqida 8 ta fakt

1. Og‘iz bo‘shlig‘ini tozalaydi
Ilmiy tadqiqot xulosalariga ko‘ra, qora choy tarkibidagi polifenollar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi.

2. Yurakka foyda
Evropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak xastaliklarining yuzaga kelish xavfi 21% ga kamayishini isbotlashgan. To‘g‘ri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo me’yorida bo‘lsa, xavotirga o‘rin yo‘q.

3. Saraton profilaktikasi
Ma’lumotlarga ko‘ra, qora choydagi polifenol hamda katexin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini o‘taydi. Yevropalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot hulosasi esa qora choy iste’mol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini ko‘rsatgan.

4. Suyaklarni mustahkamlaydi
Mazkur ichimlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar suyaklar mo‘rtlashuvidan himoyadir. Shu bois qora choy ixlosmandlari orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan.

5. Zo‘riqishdan xalos etadi
Kun davomida toliqqan bo‘lsangiz achchiq damlangan qora choy ichish hayotiy quvvatingizni tiklab, kayfiyatni ko‘taradi. Shu bilan birga asablarni ham tinchlantiradi. Aminokislotalar hisobiga muntazam qora choy ichish kortizol – stress gormoni miqdorini pasaytiradi.

6. Immunitet yaxshilanadi
Alkilomin antitanachalari immun tizimini rag‘batlantirsa, oshlovchi moddalar viruslarga chidamlilikni ta’minlaydi. Demakki, shamollash, tumov yohud yo‘tal alomatlarida issiq qora choy ayni muddao.

7. Moddalar almashinuvi faollashadi
Choydagi oshlovchi moddalar terapevtik ta’sirga ega. Shundan bo‘lsa kerak oshqozondagi og‘irlikni bartaraf etib, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa organizmda moddalar almashinuvini ham faollashtiradi.

8. Tetiklashtiradi
Ertalabdan qo‘lingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!