Qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamagan haydovchilarning avtotransport vositasi xatlandi

Qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamagan haydovchilarning avtotransport vositasi xatlandi

MIB viloyat boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzib, qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilib, jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat miqyosida 10 marotabadan ortiq qoidabuzarlik sodir etib, jarimalarni to‘lamay kelayotgan 14 nafar qarzdor fuqarolarning avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydonchalariga joylashtirildi, shuningdek, 7 nafar qarzdorlardan 21 mln so‘mdan ortiq jarimalar undirilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!