Qobulda portlash: Ikki jurnalist halok bo‘ldi, yana 6 kishi jarohatlandi

Qobulda portlash: Ikki jurnalist halok bo‘ldi, yana 6 kishi jarohatlandi

Kobulda yuz bergan portlashda ikki jurnalist halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi moslama Afg‘onistonning Khurshid TV telekanali xodimlari o‘tirgan avtobusga o‘rnatilgan bo‘lgan.

- Afsuski, terakt natijasida iqtisodiy sharhlovchimiz Mir Vohid Shoh hamda texnik bo‘limimiz xodimi Shafik Amiri qurbon bo‘lishdi. Bundan tashqari, yana oltita muxbirimiz, jumladan, Madina Morvat xonim ham jarohatlandi, deya ma’lum qildi Khurshid TV telekanali direktori Muhammad Rafi Rafiq.

Hozirga qadar hech bir ekstremistik guruh hammasi juda tezlikda sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, Tolibon hamda shu kabi boshqa guruhlar o‘zlarining hujumlari uchun muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarini tanlab olishadi. Xususan, 2018 yilda 15 muxbir o‘ldirilgan.

Khurshid TV muxbirlari ham allaqachon bunday hujumlarning qurboni bo‘lishib, 2019 yilda ikki kishi halok bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!