“Qizimga uylansang, 300 ta cho‘chqa beraman!”

“Qizimga uylansang, 300 ta cho‘chqa beraman!”

Xitoylik fermerning qizi Chjan Chjiyuan universitetni 3 yil oldin tamomlab, otasiga yordamlashish uchun uyga qaytib keladi, deya xabar berdi “belnovosti.by”.

Namunali qiz fermada ishlash dunyodagi eng og‘ir va eng faxrli ishlardan biri ekanligiga ishonadi.

Chjan, shuningdek, universitetda olgan bilimlaridan cho‘chqa boqishda ham foydalanmoqda.

Ammo qizning ota-onalar va barcha qarindoshlari Chjan universitetda o‘qiganligi sababli o‘z hayotini bu ishga sarflamasligi kerak deb hisoblashmoqda.

Qiz deyarli har kuni ertalabdan to kechgacha ota-onasiga xo‘jalikdagi cho‘chqalarga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi. Uydan uzoqlashmaydi. Shu bois qizning qo‘lini so‘rab keluvchilar ham deyarli yo‘q.

Shu bois qizning otasi xavotirga tushib sovchilarga juda saxovatli mukofot bermoqchi: sevikli qiziga uylangan kishiga kamida 300 ta qora cho‘chqa berishini ma’lum qildi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!