Alibekov Validdin (ismi o‘zgartirilgan)30.06.2017 yildan 01.08.2020 yilgacha Majburiy ijro byurosi Qiziltepa tuman bo‘limi inspektori vazifasida ishlab, xizmat vazifasiga fuqarolardan energiya iste’moli uchun naqd pul ko‘rinishida pul mablag‘larni olish vakolati mavjud bo‘lmasada, 2018 yilning iyul oyidan 2020 yilning iyul oyiga qadar tuman hududida yashovchi 33 nafar iste’molchilardan jami 10.187.000 so‘m miqdoridagi elektr energiyasi uchun to‘lovlarni, 21 nafar iste’molchilardan jami 6.181.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larni tabiy gaz to‘lovi uchun qabul qilib, ularni ushbu pul mablag‘larini abonent hisob raqamlariga to‘lab qo‘yishiga hamda ularni o‘zi tomonidan chakana savdodan sotib olgan to‘lov cheklariga ushbu pullarini olganligini tasdiqlab, cheklarni iste’molchilarga berish yo‘li bilan ishontirib, ushbu pul mablag‘larini ularning abonent hisob raqamlariga kirim qilmasdan o‘z manfaatlari yo‘lida sarflab, jami 16.368.000 so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pulni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga uchun sarflab yuboradi.
JIB Qiziltepa tuman sudining ochiq sud majlisida V.Alibekovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud majlisida sudlanuvchining chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilvaiy sharoiti, jinoyat ishi bo‘yicha moddiy zarar to‘liq qoplanganligi e’tiborga olinib, Alibekov Validdinga (ismi o‘zgartirilgan)O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan oylik ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 (uch) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
A. Avezov, JIB Qiziltepa tuman
sudi raisi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Трансфер ҳуқуқлари Эроннинг "Истиқлол" клубига тегишли бўлган Рустам Ашурматов мамлакатдаги сиёсий таранглик сабаб фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.