Qishloq xo‘jaligida innovasion yondashuv. Robotlar davri keldimi?

Qishloq xo‘jaligida innovasion yondashuv. Robotlar davri keldimi?

Shu kungacha ishchi kuchining yetishmasligi fermer xo‘jaliklaridagi keng ko‘lamli operasiyalarning davomlikliga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Endi bu muammo emas. AQShning agrotexnik kompaniyalari ushbu holatni normallashtirish uchun turli vazifalarni bajarishga yordam beradigan robotlarni ishlab chiqmoqda.

🤖 Robotlar meva yig‘ish, ekish, ko‘chirib o‘tkazish, yig‘ish, purkash va begona o‘tlarni tozalash kabi operasiyalarni bajarishda fermerlarga ko‘makchi bo‘la oladi. Bunday qishloq xo‘jaligi robotlari takrorlanuvchi dala ishlarini ham avtomatlashtiradi.

📈 Bundan tashqari, robotlar chorva mollarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarida, tortish, inkubasiya, sog‘ish va oziqlantirish kabi vazifalarni mustaqil bajara oladi. Robotlarni o‘z faoliyatiga integrasiyalash orqali fermerlar umumiy hosildorlikni oshiradi va xatolarni kamaytiradi, natijada dehqonchilik samaradorligi ortadi.

🏢 Kanadaning "Nexus Robotics" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan "Robotic Weeders" va "Le Chevre" nomli agrotexnikasi dalalardagi begona o‘tlarni aniqlash va olib tashlash dasturiga ega. Robot begona o‘tlar va ekinlarni farqlash uchun chuqur o‘rganish algoritmlari va kameralardan foydalanadi.

🌱 Shuningdek, u ekinlarning o‘sayotgan sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘playdi va fermerlarga asoslangan qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!