Qishga tayyorgarlik ko‘rilmadi. 2 trillion so‘m qayerga ketdi?

A A A
Qishga tayyorgarlik ko‘rilmadi. 2 trillion so‘m qayerga ketdi?

Prezident 7 dekabrda, hali anomal sovuqning daragi yo‘q paytdayoq bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida hukumat ishchi guruhi tuzilganini ma’lum qilib, elektr va gaz muammolarini hal qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni topshirgandi. Undan oldinroq Ochilboy Ramatov rahbarligida komissiya tuzilib, qishni betalafot o‘tkazish uchun 2 trln so‘m pul ajratilgandi. Natija qanday bo‘lganini esa hamma ko‘rdi.

9 yanvardan O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib keldi. Barcha hududlarda qor yog‘ib, havo harorati keskin tushib ketdi. Yo‘llarda muzlamalar paydo bo‘ldi, transportlar harakati og‘irlashdi. Sovuq ob-havo sababli hatto poyezdlar yo‘lda to‘xtab qoldi, mahalliy va xalqaro aviareyslar kechiktirildi.

Eng asosiysi esa tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotida tom ma’nodagi inqiroz yuzaga keldi. Ayniqsa, poytaxtning ko‘plab tumanlari sutkalab gazsiz va elektr tokisiz qoldi.

Prezidentning bosh vazirga topshirig‘i

Aslida prezident elektr va gaz muammolarini hal qilish bo‘yicha 2022 yilning dekabr oyi boshidayoq bosh vazirga topshiriq bergan edi. Xususan, 2022 yil 7 dekabrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi mavjud vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda prezident topshirig‘iga asosan elektr va gaz muammolarini hal qilish, mavjud vaziyatni yumshatish, tezkor choralar ko‘rish uchun bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida hukumat ishchi guruhi tuzilgani ma’lum qilingan.

Ishchi guruhga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • respublika hududida energiya taqchilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda chuqur tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rib borish;
  • elektr energiyasi va gazni birinchi navbatda aholiga yetkazib berish zaruriyatini e’tiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab borish va ushbu jarayonni qat’iy nazorat qilish;
  • elektr energiyasi va gaz taqchilligi sharoitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ta’minlash ishlarini jadallashtirish;
  • ijtimoiy ob’ektlar, jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan zarur mablag‘lar ajratib borish va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
  • energiya taqchilligi va uning oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ayniqsa iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish maqsadida, kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun kiritish.

Yig‘ilishda tizimga biriktirilgan barcha mutasaddilar qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun kerakli choralarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etishga birdek mas’ul ekani ta’kidlangan.

Natija nima bo‘ldi?

Yanvar oyining yakuniga yetayotgan ikkinchi o‘n kunligi poytaxtliklar uchun muzli dekada sifatida esda qoladigan bo‘ldi: chiroqsiz uylar, yetishmagan tabiiy gaz, borligi sezilmagan issiqlik ta’minoti Toshkent qahraton qishga tayyor emasligini ko‘rsatdi.

Boshqa hududlar bu kabi sharoitga ancha ko‘nikib qolgan. Ammo bunday kollaps avval Toshkentda kuzatilmagani uchun odamlar bunga tayyor emasdi: ijtimoiy tarmoqlarda el tanigan insonlar ham goh yumor, goh jiddiy tarzda chiqishlar qilishdi, hatto uy sovuqligidan isinish uchun poytaxt ko‘chalarida olovlar yoqildi.

Mablag‘ yo‘qmidi?

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun salkam 2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan va bu ishlarning nazorati bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga yuklatilgan edi. Ammo bu mablag‘lar aniq manziliga yetib bormaganini poytaxtdagi holatlar ko‘rsatib berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 sentyabrdagi tegishli qarorida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan qator chora-tadbirlar belgilangandi.

Qaror bilan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga quyidagi muhim vazifalar topshirilgan:

  • iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, iste’molchilarga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir mahsulotlari, issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borish;
  • bir hafta muddatda alohida ishchi guruh tuzgan holda hududlarda, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarning holatini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • tasdiqlangan parametrlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz bajargan taqdirda, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish.

Hukumat qarorda har bir viloyat, jumladan Toshkent shahri iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarining yig‘ma parametrlari tasdiqlangan.

Qishga tayyorgarlik ko‘rilmadi. 2 trillion so‘m qayerga ketdi?

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 trln 994,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Qishga tayyorgarlik ko‘rilmadi. 2 trillion so‘m qayerga ketdi?

Toshkent shahridagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash uchun esa 143 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Bu mablag‘ning 11,5 mlrd so‘miga elektr tarmoqlari va qurilmalarini, 7,5 mlrd so‘miga esa gaz ta’minoti ob’ektlari va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash nazarda tutilgan.

Qishga tayyorgarlik ko‘rilmadi. 2 trillion so‘m qayerga ketdi?

Bu ishlar qay darajada amalga oshirilgani, ajratilgan mablag‘lar qanchalik manziliga yetib borgani bizga qorong‘i. Lekin natija qanday bo‘lganini hamma ko‘rdi.

16 yanvar kuni esa prezident energiya resurslari ta’minoti bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Farhod Abdurahmonovni ishdan oldi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Хитойдаги депопуляция (аҳоли сонининг камайиши) кўлами 60 миллион кишига етиши мумкин.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Trampning qarori NATOni hayratda qoldirdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Америка қўшинларининг бир қисмини Германиядан олиб чиқиб кетиш борасида НАТО расмийларини олдиндан огоҳлантирмаган, деб хабар бермоқда «Euronews».

Ser Aleks Fergyuson kasalxonaga olib ketildi

Собиқ мураббий айни дамда бўлиб ўтаётган “Манчестер Юнайтед” ва “Ливерпуль” ўйини олдидан ўзини ёмон ҳис қилган.

AQShda Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandimi?

АҚШ Давлат котиби Марко Рубиога Усмонованинг барча АҚШ визаларини бекор қилишни сўраб хат юборилди.

Toshkent aholisi va mehmonlari ogohlantirildi

Пойтахт ҳокимлиги Тошкентда об-ҳаво ёмонлашгани муносабати билан аҳоли ва меҳмонларни эҳтиёткор бўлишга чақирди.

Deyarli 200 ming nemis harbiy xizmat haqida xatlar oldi

Жорий йил бошидан бери Германия ёш фуқароларига 194 мингта хат юборилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.