Qirg‘iziston savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida Xitoyga Alibaba Group kompaniyasining respublikada vakolatxonasini ochishni taklif qildi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Qirg‘iziston-Xitoy hukumatlararo komissiyasining 15-majlisi video selektor ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Iqtisodiy o‘sishni, internet-tijoratni rag‘batlantirish va o‘zaro savdo aylanmasini oshirish uchun Qirg‘iziston tomoni respublikada Alibaba Group filialini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Qirg‘iziston delegasiyasiga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev boshchilik qildi va u koronavirus pandemiyasiga qaramay, tomonlar iqtisodiyot, savdo, standartlashtirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar, intellektual mulk, matbuot, transport sohalarida hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishganini ta’kidladi.
“Uchrashuvda, infratuzilma va irrigasiya loyihalarini amalga oshirishga, xususan, Chuy kanalini qurishga,“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishiga, “Shimol-Janub” muqobil yo‘li, beshta muhandislik inshoati (ikkita qor ko‘chkisi galereyasi, uchta yo‘l o‘tkazgich ko‘prigi) qurilishi, shuningdek, Bishkek shahridagi yo‘llarni rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratildi, — deyiladi xabarda.
Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vaziri o‘rinbosari Van Shouven, o‘z navbatida, Xitoy Qirg‘izistondan mahsulotlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini ko‘paytirishga harakat qilayotganini aytdi. “U innovasiyalar, yashil iqtisodiyot va gidroyenergetika, tog‘-kon sanoati va neftni qayta ishlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, sarmoyaviy va mintaqalararo hamkorlik sohalarida ikki tomonlama hamkorlikka alohida e’tibor qaratishni taklif qildi”, — deya qo‘shimcha qildi respublika matbuot xizmati.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.