Qirg‘iziston YEOIIda yagona sun’iy intellekt markazini yaratishni taklif qildi

«Mamlakatlarimizning sa’y-harakatlarini birlashtirish va sun’iy intellekt, jumladan, tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etishni taklif qilaman.
Nega biz shifokorlar va fuqarolarimizga tibbiy ma’lumotlarni yanada samaraliroq tahlil qilish va to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradigan yagona raqamli xizmatni yarata olmaymiz?», - dedi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov.
Uning fikricha, markazni yaratish katta sarmoyani talab qilmaydi va Bishkek sayt berishga tayyor.
▪️Avvalroq O‘zbekiston Bosh vaziri Aripov YEOIIga a’zo barcha davlatlar uchun yagona davlat xizmatlari portalini yaratishni taklif qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)