Qatar Isroil-HAMAS o‘rtasidagi sulh kelishuvini yangilash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi

Qatar Isroil-HAMAS o‘rtasidagi sulh kelishuvini yangilash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi

Qatar bosh vaziri Doha sulh kelishuvini yangilash uchun Isroil va HAMASga bosim o‘tkazishni davom ettirishini bildirdi, “garchi buning sodir bo‘lish ehtimoli qisqargan bo‘lsa-da, bunga hali umid bor”, deya fikr bildirgan bosh vazir.

So‘nggi bir hafta davom etgan, Qatar vositachiligidagi sulh kelishuvi o‘nlab garovga olingan isroillik va falastinlik asirlarning ozod bo‘lishiga olib keldi.

Bugun Dohada bo‘lib o‘tgan forumda so‘zga chiqqan Shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Taniy garovga olinganlar G‘azodan Isroil harbiy harakatlari natijasida emas, balki muzokaralar orqali ozod qilinganini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil G‘azoni bombardimon qilishni to‘xtatmayotgani “kelishuv imkoniyatini toraytirib borayotganiga” qaramay, Qatarning vositachilik roli muvaffaqiyat olib kelishi mumkin.

"Biz oxirigacha harakat qilamiz", deya qo‘shimcha qilgan u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!