Qashshoqlikka qarshi kurashgan olimlarga Nobel mukofoti berildi

Qashshoqlikka qarshi kurashgan olimlarga Nobel mukofoti berildi

2019 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Abxijit Banerji (AQSh), Ester Dyuflo (Fransiya) va Maykl Robert Kremer (AQSh)larga berildi. Ular «global qashshoqlikka qarshi kurashda eksperimental yondashuvlari» uchun taqdirlandi.

Nobel qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sovrindorlar qashshoqlikka qarshi kurashning eng yaxshi usullarini aniqlash uchun «yanada ishonchli javob» olishga muvaffaq bo‘lishdi.

90-yillarning o‘rtalarida sovrindorlardan biri Maykl Kremer va uning jamoasi Keniyaning g‘arbiy qismida maktab ta’limi yaxshilanishiga olib keladigan bir qator usullarni sinab ko‘rishgan va bunday yondashuvning qanchalik samarali bo‘lishini namoyish etdilar", deyiladi qo‘mitaning press-relizida.

Abxijit Banerji va Ester Dyuflo keyinchalik shunga o‘xshash tadqiqotlarni boshqa mamlakatlarda, shu jumladan, Hindistonda o‘tkazdi. Nobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, ularning eksperimental tadqiqot usullari «iqtisodiyot rivojida muhim».

Eslatib o‘tamiz, tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot hamda tinchlik bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi. Mukofot 10 dekabrda Stokgolm hamda Osloda topshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!