Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

 Кирилча  
logo

Qashqadaryolik haydovchi Spark’ni suv quvuri ustidan olib o‘tdi (video)

Qashqadaryolik haydovchi Spark’ni suv quvuri ustidan olib o‘tdi (video)

Qashqadaryolik haydovchi Spark avtomobilini soy ustidagi suv quvuridan yurgazib, narigi tomonga o‘tib oldi. Bu haqda «Daryo»ga bloger Namoz Choriyev xabar berdi.

Voqea Qarshi shahridagi Aralovul mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ammo voqea qachon bo‘lgani — karantin sabab Qarshi shahriga kirish-chiqish yo‘llari yopilishidan avval yoki keyin sodir bo‘lgani noma’lum.

Videodagi suhbatdoshlarning so‘ziga ko‘ra, Spark bu yo‘ldan ikkinchi marotaba o‘tgan. Ushbu trubadan shuningdek, Tico avtomobili ham yurib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!