Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi chorrahada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida uchta mashina o‘zaro to‘qnashgan.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 17 mart kuni soat 18:30 larda sodir bo‘lgan.

Xalqaro ahamiyatdagi A-380A Qarshi aylanma avtomobil yo‘li va 4N-292A Qarshi-Namuna yo‘li kesishgan chorrahada, haydovchi B.X. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk mashinasi ichki yo‘ldan chiqayotgan Damas’ni urib yuborgan.

Shundan so‘ng Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan Nexia’ga urilgan.

Hodisa oqibatida Damas haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!