Qashqadaryoda “Tez tibbiy yordam” xodimlari bemor onasiga qo‘pollik qildi

Qashqadaryoda “Tez tibbiy yordam” xodimlari bemor onasiga qo‘pollik qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dilorom Mirsagatova” nomli foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan murojaatda chaqiriq paytida “Tez tibbiy yordam” xodimlari tomonidan bemor onasiga qo‘pollik qilinganligi qayd etilgan.

Mazkur holat “Tez tibbiy yordam” markazi viloyat filiali mutasaddilari tomonidan o‘rganildi. Bemorga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligi sababli Qarshi shahar tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori D.Salomova va feldsher H.Eshonqulovga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!