Qashqadaryoda qovun pishdi

Qashqadaryoda qovun pishdi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida qovun pishdi. Bu haqda bugun Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi hosilni o‘tamaylilik tomorqa egasi Rufat Buriyev yetishtirgan. Ilk hosil “Dakara” navli qovunlardir. Tez orada qovun eksporti boshlanishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda ham ilk qovun hosili Rufat Buriyev tomorqasidan uzilgandi.

Ma’lumot uchun, aprel oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani O‘tamayli qishlog‘i dehqonlari tarvuzni o‘tgan yilgiga nisbatan ertaroq sotuvga chiqarishga muvaffaq bo‘lgani aytilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!