Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari 9 yoshli bolani zo‘rlaganmi?

Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari 9 yoshli bolani zo‘rlaganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida maktab o‘quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi.

Holat joriy yilning 11 may kuni kunduzi soat 15:16 chamasida yuz bergan. Maktabning 3-sinf o‘quvchilarining 8 nafari darsdan keyin sport zaliga kirishgan va o‘zaro o‘yin o‘ynab turgan vaqtlarida maktabning ikki nafar 5-sinf o‘quvchilari ham sport zaliga kirishgan. Ular o‘zlaridan quyi sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilarni qo‘rqitib sport zalidan bir nechtasini chiqarib yuborishgan. Sport zalida qolgan 4 nafar 3-sinf o‘quvchilarini sport zalidagi kichkina xonaga kiritgan va o‘zlarining qo‘llarida bo‘lgan o‘yinchoq rezinka «ilon» bilan kiyimlarini yechtirib ularning bir nafarini badaniga, jumladan, belidan pastki qismiga ham urgan va ularni tashlab chiqib ketishgan. Bu holatdan xafa bo‘lgan o‘quvchi uyiga ketgan va qo‘rquv natijasida hech kimga hech narsa aytmagan. Oradan 3 kun o‘tgach, bolaning sinfdoshi uning onasiga bo‘lgan voqea haqida aytib bergan, bu voqeadan ta’sirlangan ona bolasini tibbiy ekspertiza qildirmasdan turli so‘zlarni boshqa OAV vakillariga aytgan.

Hozirgi kunda tibbiy ekspertiza xulosasining toza chiqqanligi haqida shifokorlar og‘zaki ma’lumot berishgan va uning tasdig‘i kelgusida ochiqlanishi haqida ma’lumot berishgan. Ayni paytda voqea tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda, maktab rahbariyati yoki boshqa rahbarlar tomonidan bolaning ota-onasi yoki oila a’zolariga hech qanday bosim o‘tkazilmagan, aksincha, ular bilan hamkorlikda voqeaga oydinlik kiritish choralarini ko‘rmoqda.

“Kelgusida aniqlangan e’tiborsizlikka mas’ullar uchun o‘rnatilgan tartibda jazo chorasi qo‘llanilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!