Qashqadaryoda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Qashqadaryoda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida «Chiroqchi» erkn iqtisodiy zonasi tashkil etiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni bu haqdagi farmonni imzoladi.

Tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investisiyalarni jalb etish EIZning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

«Chiroqchi» EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Bu muddat davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!