Qashqadaryoda 1 gektar g‘alla maydoni yonib ketdi

Qashqadaryoda 1 gektar g‘alla maydoni yonib ketdi

Kuni kecha Qashqadaryoda bug‘doy dalasi yonib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.

Aniqlanishicha, yong‘in joriy yil 27 may kuni soat 15:11 atrofida Kitob tumani "Zarafshon" MFY, Minjil qishlog‘ida joylashgan "Ayoqchi" fermer xo‘jaligiga qarashli ochiq dalada sodir bo‘lgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan joyga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:58 yetib borgan va 16:50 atrofida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fermer xo‘jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g‘alla maydoni zarar ko‘rgan.

Mahalliy aholi va yong‘in o‘chiruvchilarining sa’y-harakatlari bilan ekin maydoniga yondosh bo‘lgan qariyb 15 gektar maydon yong‘indan saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!