Qarzini uzmay vafot etgan odam

A A A
Qarzini uzmay vafot etgan odam

Har bir qarzdor tezroq qarzini uzish payida bo‘lishi kerak. Qarzni uzmay turib vafot etib qolish juda ham og‘ir vaziyatni yuzaga keltiradi. O‘lgan bandadan Alloh taolo O‘z haqini kechib yuborishi mumkin, ammo qarz bandaning haqidir. Bu haqni qarz egasining o‘zi kechmaguncha, Alloh taolo kechmaydi.

Shuning uchun ham qay bir musulmon vafot etsa, avvalo uning qarzi surishtiriladi va o‘sha qarzni uzish choralari ko‘riladi.

Vafot etgan kishidan qolgan tarikaga, ya’ni «tark qilingan narsa»ga  bir necha haqlar bog‘liq bo‘ladi va ular quyidagi tartib ila ado etiladi:

1. Bir musulmon odam vafot etganidan so‘ng uning tarikasi hisob qilinib, birinchi galda uni kafanlab, ko‘mish uchun ketadigan xarajatlar ajratiladi.

Bunda uni kafanlashga, yuvishga, go‘rini qazishga, olib borib, ko‘mishga ketadigan xarajatlar o‘rtacha hisob bilan chiqariladi. Bu xarajatlar uchun ketadigan molda merosxo‘rlarning haqqi bo‘lmaydi.

2. Undan keyin odamlardan qarzi bo‘lsa, o‘sha qarz uchun beriladigan mablag‘ ajratiladi.

Bu haq ham merosxo‘rlarning haqqidan ustun haq hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda: «Mo‘minning ruhi to ado etilmaguncha, qarziga bog‘liq bo‘lib turadi», deganlar.

Boshqa hadislarda aytilishicha, mayyit hatto shahid bo‘lsa ham, qarzi tufayli o‘z darajasiga erisha olmay turadi. Faqat yaqinlari uning qarzini ado etganlaridan keyingina shahidlarga va’da qilingan martabalarga erishadi. Shuning uchun ham qarz merosxo‘rlar haqqidan ustun qo‘yiladi.

Faraz qilaylik, qarzi bor, ammo uni uzishga ortida biror narsasi yo‘q odamning holi nima bo‘ladi? Bunday holda vafot etgan odam Alloh taoloning huzuridagi eng katta gunoh bo‘lmish shirkdan keyingi o‘rinda turadigan gunohni qilib o‘lgan bo‘ladi.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning nazdida Alloh nahyi qilgan kabira gunohlardan keyingi eng og‘ir gunoh bir kishining zimmasidagi qarzini uzishga narsa qoldirmay o‘lib, u Zotga ro‘baro‘ bo‘lishidir», dedilar». 

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Birovdan olgan qarzini uzmasdan yoki uni uzishga imkon qoldirmasdan o‘lib ketishdan og‘ir narsa yo‘qligini bayon qilish uchun bu so‘zlardan ortiq ifoda topilmasa kerak.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zimmasida qarzi bo‘la turib o‘lgan odamga janoza namozi o‘qimas edilar. Bir mayyit olib kelindi. Bas, u zot: «Uning zimmasida qarz bormi?» dedilar. «Ha, ikki dinor», deyishdi.«Sohibingizga o‘zingiz janoza o‘qing», dedilar. «O‘sha ikki dinor mening zimmamga, ey Allohning Rasuli», dedi Abu Qatoda. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam u(mayyit)ga janoza o‘qidilar.

Alloh O‘z Rasuliga fath ato qilganidan keyin: «Men har bir mo‘min uchun uning o‘zidan ham yaqinman. Kim qarz qoldirsa, uni ado etish mening zimmamda. Kim mol tark qilsa, merosxo‘rlariga», dedilar». 

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Bu hadisi sharif zimmasida qarzi bo‘la turib o‘lish o‘ziga yarasha muomala talab qilishini ko‘rsatadi.

Ushbu hadisga amal qilgan holda, hozirda ham har bir mayyitga janoza namozi o‘qishdan oldin uning qarzi bor-yo‘qligi so‘raladi. Uning qarzlarini yaqin kishilardan biri o‘z zimmasiga olganidan keyingina janoza namozi o‘qiladi. Shariat hukmi bo‘yicha biror mayyitning qarzini o‘z zimmasiga oladigan kishi topilmasa, uning qarzi xazinadan uziladi. Xazina bo‘lmagan joylarda mazkur qarz shu yerlik musulmonlarning zakotidan ado etilishi mumkin.

Ammo bugungi kunimizda bu shar’iy hukmni ham o‘z foydasiga o‘zicha talqin qiladiganlar topildi. Ba’zi odamlar oqibatini o‘ylamay, katta miqdorda qarz olishni o‘zlariga ep ko‘rmoqdalar. Biladigan kishilar ularga qarzni uzishni ham o‘ylash kerakligini eslatsalar, «Janozamizda qarzimizni birorta odam o‘z zimmasiga olsa, qutilib ketamiz», degan gapni aytmoqdalar. Lekin asl haqiqat ularning xomxayollaridagi kabi emas. Mayyitning qarzini birov zimmasiga olsa, janoza o‘qiladi. Ammo bu o‘sha mayyit qarzdan tamoman qutuldi, degani emas. Keling, ushbu ma’noni hadisi shariflar orqali o‘rganaylik.

Nasoiy qilgan rivoyatda: «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ishning qanchalik ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.

Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom! Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi nihoyatda og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.

Sa’d ibn Atvaldan rivoyat qilinadi: «Akam o‘lib, ortidan uch yuz dirham pul va ahli ayoli qoldi. Men pullarni ahli ayoliga sarflamoqchi bo‘ldim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Akang qarzi tufayli to‘silib turibdi. Uning qarzini uz», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli! Uning qarzlarini ado qildim. Faqatgina bir ayol hujjatsiz da’vo qilgan ikki dinor qoldi», dedim. «O‘shanga ber, u haqlidir», dedilar».

Ahmad rivoyat qilgan.

Vafot etgan odamning ukasi akasining qoldirgan pulidan qarzlarini uzib bo‘lib, qolganini uning ahli ayoliga sarflamoqchi bo‘lib turganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga hali o‘lgandan qolgan mablag‘ni uning ahli ayoliga sarflash vaqti kelmagani, o‘lgan shaxs qarzi tufayli jannatdan to‘silib turgani haqida xabar bermoqdalar.

Uka akasining qarzlarini uzib bo‘lgan ekan. Faqtgina hujjat va dalili, guvohi yo‘q bir ayol da’vo qilgan ikki dinorgina qolgan ekan. Ana o‘sha ikki dinor sababidan uning akasi jannatga kirolmay turgan ekan. Qarang-a, bandaning haqi qanday ham nozik va ahamiyatli! Bir banda o‘zidagi Alloh taoloning haqini va bandalarning haqini to‘laligicha ado etibdi. Faqatgina bir ayolning ikki dinor haqi qolibdi. Shuning uchun u odam oxiratda jannatga kirolmay turibdi.

Bas, shunday ekan, u holda «O‘lsam, janozamda birov «Qarzini men to‘layman», desa, qutilib ketaman», deya bo‘lgan-bo‘lmaganga odamlardan qarz olib yurganlarning holi nima kechadi? Albatta, ularning holi o‘ta ayanchli bo‘ladi. Shuning uchun bilib-bilmay, shariat ko‘rsatmalari bo‘yicha o‘zicha qaror chiqarish o‘ta dahshatli ishdir. Bu borada to‘liq va to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lmay turib mahmadonalik qilmaslik kerak.

Shayx Muhammad Sodiq MUHAMMAD YUSUF
“Qarz va unga bog‘liq masalalar” kitobidan 

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Husanov “Real”ga qarshi o‘yinda alohida ko‘zga tashlandi

“Манчестер Сити” ва “Реал” ўртасидаги сўнгги учрашувда ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусанов ўзининг ажойиб ўйини билан эътиборни тортди.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini chaqirdi

Бу ҳақда вазирлик матбуот котиби Мария Захарова маълум қилди.

Tramp: «Eron muammosini 2 soniyada hal qila olardim»

АҚШ Дональд Трамп яқинда Эрон билан боғлиқ ҳолат ҳақида қатор баёнотлар берди.

Makron Eron haqidagi fikrlari uchun tanbeh oldi

Франция президенти Эммануэл Макроннинг Эрондаги можаро ҳақидаги фикрлари иккиюзламачилик деб баҳоланди.

Xayfa neft qayta ishlash zavodi – Isroilning eng yirik energetika ob’ekti

Хайфа нефть қайта ишлаш заводи (НПЗ) Исроилнинг энг йирик ва муҳим ёқилғи объектларидан бири ҳисобланади.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.