“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand va Istanbul o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonning “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand va Istanbul o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ydi.
Bu haqda Air Marakanda operasion kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 iyundan boshlanadi.
Reyslar haftasiga uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari Samarqanddan soat 7.00 da uchib amalga oshiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)