Qanday mahsulotlar yuz terisi qarishiga olib keladi? Dermatolog javob beradi

Qanday mahsulotlar yuz terisi qarishiga olib keladi? Dermatolog javob beradi

Fast-fud hamda shakar sog‘lom va chiroyli terining asosiy dushmanidir, deydi dermatolog Knara Andryan.

Andryan terining salomatligi va ko‘rinishi ko‘p jihatdan ovqatlanishga bog‘liqligini ta’kidladi.

Terining asosiy dushmani — shakar. U shakar va oqsillarning birlashishi hamda keyinchalik kollagenning qotib qolishi— glikasiyaga olib keladi. Ushbu jarayon tufayli ajinlar paydo bo‘lish jarayoni tezlashadi, — deydi shifokor.

Biroq, shakarni iste’moldan butunlay chiqarib tashlashning hojati yo‘q. Lekin uning iste’molini iloji boricha eng kam miqdorga kamaytirish kerak. Xuddi shu sababga ko‘ra, mutaxassis ovqatlanishda uglevodlar miqdorini kamaytirishni tavsiya qildi.

Shifokor, shuningdek, tez ovqatlanish, gazak va spirtli ichimliklarning teri salomatligiga salbiy ta’sirini haqida ham ta’kidladi.

Spirtli ichimliklar tananing suvsizlanishiga olib keladi, shuning uchun yuzda mayda kapillyarlarning kengayishi va kichik ajinlar paydo bo‘ladi, — deydi Andryan.

Mutaxassis semizlikka moyil bo‘lgan insonlarga soat 19:00 dan keyin meva iste’mol qilmaslikni maslahat berdi, chunki ulardagi fruktoza tanadan suvni tortib oladi. Mevaga muqobil sifatida u antioksidantlarga boy rezavorlar — malina, smorodina va klyukvani tavsiya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!