“Putinga qarshi” yo‘lga chiqqan shaman ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natildi

“Putinga qarshi” yo‘lga chiqqan shaman ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natildi

Yakutsk shahar sudi "Putinni haydash" uchun Moskvaga yo‘l olgan shaman Aleksandr Gabishevni majburiy davolash to‘g‘risida qaror chiqardi. Hukmga ko‘ra, u respublika neyropsixiatriya dispanseri shifoxonasiga joylashtiriladi.

“Putinga qarshi” yo‘lga chiqqan shaman ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natildi

Ma’lum qilinishicha, sud tomonidan kasalxonada davolanish muddati belgilanmagan. Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, dispanserning o‘zi shaman "o‘z shaxsini qayta baholash"dan aziyat chekayotganini bois majburiy davolanish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atgan.

Huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, amaldagi hukumatni ag‘darishga qaratilgan chaqiriqlar shaxsiyatning buzilishi mavjudligi uchun asos sifatida ko‘rsatilgan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!