Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga oktyabrgacha Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun muhlat berdi. Bu haqda Kremldagi insayderlarga tayanib, Amerika urushni o‘rganish instituti tahlilchilari (ISW) xabar berdi.

Insayderlarga ko‘ra, Shoyguga 2023 yil oktyabr oyi boshigacha frontdagi vaziyatni yaxshilash, Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish va tashabbusni Rossiya qo‘shinlariga qaytarish uchun muhlat berilgan. Tahlilchilar rus harbiylarining Ukrainaga qarshi hujumlari faollashgani shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

“Agar insayderning da’vosi rost bo‘lsa, rus harbiy qo‘mondonlari hatto Rossiya harbiy salohiyati evaziga Ukraina qarshi hujumini kulminasiyaga olib chiqish uchun shafqatsiz qarshi hujumlarga buyruq berayotgani ko‘rsatadi”, — dedi tahlilchilar.

Ular avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Putinning iltifotini yo‘qotishidan qo‘rqib, sa’y-harakatlarini kuchaytirib, qo‘mondonlar orasida tozalash ishlarini olib borgan holatlarga guvoh bo‘lganlarini aytdi. Rossiya kuchlari hisobiga erishib bo‘lmaydigan harbiy maqsadlarga intilish haqida salbiy fikr bildirganlar keskin tanqid ostiga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!