Putin to‘rtinchisi bo‘ldi...

Putin Gaagadagi Xalqaro sud tomonidan hibsga olish uchun order bergan to‘rtinchi davlat rahbari bo‘ldi.
Sudan prezidenti Umar al-Bashir 2008-yilda Xalqaro sud tomonidan hibsga olishga order bergan birinchi amaldagi davlat rahbaridir. Al-Bashir Darfurdagi mojaroga aloqador genosidda ayblangan. Ayblov uning yana 11 yil hokimiyatda qolishiga to‘sqinlik qilmadi. 2019 yilda al-Bashir harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilgan va hibsga olingan (lekin hali Gaagaga ekstradisiya qilinmagan)
Liviya prezidenti Muammar Qaddafiy. Uni hibsga olish uchun order 2011 yilda chiqarilgan. U ommaviy norozilik namoyishlarini bostirish operasiyasi davomida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Qaddafiy sud jarayonini ko‘rishgacha yashamadi, uni isyonchilar o‘ldirgan.
Kot-d’Ivuar Prezidenti Loran Gbagbo. 2011 yilda u saylovlarda yutqazdi, bunkerga yashirindi, ammo hujumdan keyin hibsga olindi va Gaagaga olib ketildi. Gbagbo hokimiyatni saqlab qolish maqsadida sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblangan. 2019 yilda u oqlangan.
Xalqaro jinoiy sud tizimida Xalqaro suddan tashqari maxsus harbiy tribunallar ham mavjud. Yaqin tarixda ularning sakkiztasi bo‘lgan, hozir ikkita xalqaro tribunal mavjud: Ruanda va sobiq Yugoslaviya uchun. Oxirgi sud jarayonida Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevich ayblandi, u hukmni kutmasdan Gaaga qamoqxonasida vafot etgandi.
Putin uchun maxsus harbiy tribunal allaqachon yaratilmoqda.