Putin Rossiya iqtisodiyoti «tiklanganini» e’lon qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sanksiyalardan so‘ng Rossiya iqtisodiyotining tiklanishi tugallanganini aytdi. Uning so‘zlari Kreml saytida keltirilgan.
«Umuman olganda, Rossiya iqtisodiyotining tiklanish bosqichi yakunlandi, deb aytishimiz mumkin», dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «misli ko‘rilmagan» «do‘st bo‘lmagan mamlakatlarning sanksiyalar hujumiga» dosh berdi. Rossiya davlati rahbari mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2021 yilning sanksiyagacha bo‘lgan darajasiga yetganini ta’kidlab, yanada barqaror va uzoq muddatli o‘sish uchun sharoit yaratishga chaqirdi.
Putinning eslatishicha, aprel oyidayoq bu yilgi yalpi ichki mahsulot o‘sishi 1,2 foizni tashkil etishi kutilgan edi. «Ammo, aslida, biz bu darajadan allaqachon oshib ketdik va yil oxiriga kelib yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 2,5, hatto, ehtimol, 2,8 foizdan ko‘proq darajaga yetishi mumkin», dedi u. Prezident butun Rossiyadagi iqtisodiy vaziyatni «barqaror va muvozanatli» deb ta’rifladi.