Putin Qodirovga qarshi: Muhammad payg‘ambar nomi bilan ochilgan masjid eng chiroyli masjid emasmi?

Putin Qodirovga qarshi: Muhammad payg‘ambar nomi bilan ochilgan masjid eng chiroyli masjid emasmi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning eng chiroyli masjid borasidagi fikri bir joydan chiqmadi.

Muhokama vaqtida Putin Chechenistonda, Shalida qurilgan masjid dunyodagi eng katta masjidmi, deb so‘radi. Qodirov esa bu savolga ijobiy javob qaytardi va "Dunyodagi eng chiroyli masjid hamdir" deya qo‘shib qo‘ydi. Putin esa bunga javoban "Eng chiroyli masjid Peterburgda", dedi. Ramzan Qodirov esa o‘z navbatida bu borada Putin bilan bahslashib bo‘lmasligini aytdi.

O‘tgan hafda Shali shahrida Yevropadagi eng katta masjid — Muhammad payg‘ambar nomi bilan "Musulmonlar iftixori" ochildi.  U 30 mingdan ortiq odamni sig‘dira oladi, unga tutash bo‘lgan hudud yana 70 ming odamni qabul qila oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!