Putin Medvedevni g‘alaba bilan tabrikladi

Putin Medvedevni g‘alaba bilan tabrikladi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin rossiyalik tennischi Daniil Medvedevni US Open turniridagi g‘alaba bilan tabrikladi.

Dunyoning ikkinchi raketkasi bo‘lib turgan Medvedev AQSh Ochiq chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichni mag‘lub etib, o‘z faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg‘a" turniri chempioniga aylangandi.

"Qadrli Daniil Sergeevich!

AQSh Ochiq chempionatidagi ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz. Finalgacha yuqori klassdagi o‘yin namoyish etdingiz. Finalda ham nomdor raqibga munosib qarshilik ko‘rsatib, unga hech qanday imkoniyat qoldirmadingiz. Haqiqiy chempionlar xuddi shunday o‘ynaydilar!" - deya o‘z tabrigini yo‘llagan Putin.

Putin Medvedevni g‘alaba bilan tabrikladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!