Putin Kim Chen Inga nima sovg‘a qildi?

KXDR rahbari Kim Chen In Rossiyaga tashrifi vaqtida Vladimir Putin bilan sovg‘a almashganini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.
«Chindan ham sovg‘alar almashinuvi bo‘ldi. Biz bunday narsalarni ommaga alohida e’lon qilmaslikni afzal ko‘ramiz. Putin koreyslar yetakchisiga bir necha bor fazoda bo‘lgan kosmonavt kiyimi qo‘lqopini hamda Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli karabinni sovg‘a qildi», — dedi Peskov.
O‘z o‘rnida Kim Chen In KXDRda ishlab chiqarilgan karabinni Putinga hadya qilgan. Peskovga ko‘ra, «boshqa sovg‘alar» ham bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)