Putin jurnalistga: "AQShdagi saylovlarga aralashamiz. Faqat hech kimga aytmang, xo‘pmi?" (VIDEO)

Putin jurnalistga: "AQShdagi saylovlarga aralashamiz. Faqat hech kimga aytmang, xo‘pmi?" (VIDEO)

“NBC News” telekanali jurnalisti bir necha yillardan buyon amerikaliklarni qiziqtirib kelayotgan savol bilan Rossiya prezidentiga murojaat qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalistning Rossiyaning 2020 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSh prezidenti saylovlariga aralashishi to‘g‘risidagi savoliga hazil tariqasida javob qaytardi.

“Sizga bir sirni aytaman: ha, albatta aralashamiz, - deya hazil tariqasida javob bergan Rossiya rahbari va bir necha soniyadan so‘ng qo‘shimcha qilgan:  U yerda sizning vaqtingizni yaxshilab chog‘ qilish uchun. Faqat hech kimga aytmang, xo‘pmi?”

Putin ohangini o‘zgartirib davom etdi: “Bilasizmi, muammolarimiz o‘zimizga yetarli. Biz ichki muammolarimizni hal qilish bilan shug‘ullanamiz va avvalo diqqatimiz shunga qaratilgan”.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!