Putin 11 nafar generalni lavozimidan bo‘shatdi

Putin 11 nafar generalni lavozimidan bo‘shatdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 nafar generalni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi: unda Favqulodda vaziyatlar vazirligining oltita vakili, to‘rtta Ichki ishlar vazirligi va bittadan Tergov qo‘mitasi vakili bor. Hujjat huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, bo‘shatilgan generallar orasida Rossiya ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov ham bor.

Shuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oshirgan.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti boshqa farmoni bilan ichki ishlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlarini bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!