Prigojin "Vagner" xususiy harbiy shirkatini Baxmutdan olib chiqqanini e’lon qildi

Prigojin "Vagner" xususiy harbiy shirkatini Baxmutdan olib chiqqanini e’lon qildi

Evgeniy Prigojin matbuot xizmatining e’lon qilgan videosida u Baxmutdan bo‘linmalarni olib ketayotganini aytadi.

“Biz Baxmutdan bo‘linmalarni olib chiqyapmiz. 1 iyunga qadar asosiy qismi orqa lagerlarga ko‘chiriladi. Biz o‘rinlarni mudofaa harbiylariga topshiramiz. Ammo agar harbiylar uchun bu qiyin bo‘lsa, albatta, Baxmutni qo‘lga olishda asosiy rol o‘ynaganlarni qoldiramiz”, — deb ta’kidlaydi Prigojin.

Videoda u jangchilarga ko‘rsatmalar berdi va "harbiylar uchun bu vazifa murakkablik tug‘dirsa" ikkita bo‘linmani qoldirishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 iyun kuni jangchilarga yangi vazifalar yuklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!