Prigojin Baxmut uchun janglarda Shoygudan yordam so‘radi

Prigojin Baxmut uchun janglarda Shoygudan yordam so‘radi

"Vagner" xususiy harbiy shirkati asoschisining so‘zlariga ko‘ra, uning bo‘linmalari shaharning 70 foizini nazorat qilmoqda va hujumlarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, u mart oyining oxiri, aprel oyining boshida Ukraina tomoni Rossiya qo‘shinlarining asosiy guruhidan "Vagner" bo‘linmalarini uzib qo‘yish uchun keng miqyosli hujumni boshlashni va qanotlarni kesib tashlashni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotga egaligini ta’kidladi.

"Vagner xususiy harbiy shirkati Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlarining asosiy kuchlaridan uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishingizni so‘rayman, aks holda bu maxsus harbiy operasiya uchun salbiy oqibatlarga olib keladi", — deb yozgan Prigojin Shoyguga murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!