Prezidentni koronavirus sabab tanqid qilgan milliarder 18 yilga qamaldi

Prezidentni koronavirus sabab tanqid qilgan milliarder 18 yilga qamaldi

Xitoy rahbari Si Szinpinning COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq harakatlarini tanqid qilgan xitoylik milliarder Jen Chjisyan korrupsiyada ayblanib 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqda CNN xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Xitoyning yuqori lavozimli amaldorlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan, nafaqadagi magnat Jen Chjisyan mart oyida Si Szinpinning koronavirus tarqalishiga qarshi harakatlarini qattiq tanqid qilib, esse yozganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Keyinchalik unga korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Pekin sudi uni bir nechta, jumladan, natijada 17,2 million dollar zararga olib kelgan 16,3 million dollar miqdoridagi hukumat mablag‘larini o‘g‘irlash, pora olish va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarda aybdor deb topdi.

Sudning ta’kidlashicha, ayblanuvchi "barcha jinoyatlarini ixtiyoriy ravishda tan olgan".

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!