Prezident Toshkent shahrida hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi

Prezident Toshkent shahrida hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda. Unda Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Jumladan, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xo‘jaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga o‘tgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkin.

Poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda mavjud 98 ming bo‘sh ish o‘rni – aholi bandligini ta’minlash uchun ishga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda tashkil etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida yana o‘n minglab ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!