Prezident Toshkent shahar hokimiga yangi vazifa topshirdi

Prezident Toshkent shahar hokimiga  yangi vazifa topshirdi

Yig‘ilishda Yunusobodda o‘tkazilgan bir hafta o‘rganish davomida 600 million dollar investisiya jalb qilish, 35 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish uchun imkoniyatlar aniqlangani qayd etildi.

Ushbu salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yangi yondashuv asosida aniq loyihalarni ishlab chiqish va joylashtirish vazifasi qo‘yildi.

Shahar hokimiga xorijdagi yirik shaharlarning sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik, kommunal sohalaridagi ijobiy tajribasini Toshkentda joriy qilish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!