Prezident raqamli texnologiyalar sohasidagi natijalar va rejalar bilan tanishdi

A A A
Prezident raqamli texnologiyalar sohasidagi natijalar va rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Raqamli boshqaruv markazida “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Ma’lumki, bu strategiyada mamlakatimizni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish maqsadi belgilangan. Bu davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish, aloqa infratuzilmasini yaxshilash, IT ta’limni rivojlantirish kabi ko‘p omillarni talab etadi.

Oxirgi yillarda ushbu yo‘nalishlarda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Axborot texnologiyalari sub’ektlari uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar natijasida bunday korxonalar va ish o‘rinlari soni, xizmatlar eksporti ortib bormoqda. Xususan, 2017 yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 1 ming 600 taga yetgan. Ish o‘rinlari ham qisqa vaqtda 10 baravar ko‘payib, 24 mingtadan oshgan. 2017 yilda 600 ming AQSh dollari bo‘lgan eksport hajmi joriy yil yakuni bilan 300 million dollardan oshishi kutilmoqda.

My.gov.uz yagona portali orqali bugungi kunda 8 milliondan ortiq aholi va tadbirkorlar 570 turdagi onlayn xizmatdan foydalanmoqda.

Ijro intizomi yagona tizimi - ijro.gov.uz orqali davlat idoralari va ularning quyi bo‘g‘inlari xodimlari tomonidan 28 millionta hujjat elektron ayriboshlangan.

Prezidentimiz bu tizim rahbarlarning ongi va mas’uliyatini o‘zgartirganini ta’kidlab, hujjatlar integrasiyasi va sifatini yaxshilash, ijro intizomi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

2022 yilda BMTning Elektron hukumat reytingida mamlakatimiz 18 pog‘ona yuqorilab, 69-o‘rinni egalladi. 2030 yilga borib, ushbu reytingda birinchi o‘ttiztalikka kirish bo‘yicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan. Buning uchun hududlarda IT infratuzilmani va venchur bozorini rivojlantirish, “local to global” tamoyili orqali mahalliy korxonalarni eksportga olib chiqish, yurtimizda xalqaro kompaniyalarning ofislarini ochish kabi ko‘plab choralar ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040 yilgacha uzaytirish, umuman, bu sohaga 100 yillik qulaylik yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Davlat rahbari mamlakatimizning axborot texnologiyalari, turizm, investisiya salohiyatini mujassamlashtirgan yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Taqdimotda sohaga ixtisoslashgan ta’lim to‘g‘risida ham axborot berildi. So‘nggi 3 yilda IT o‘quv markazlari soni 300 dan oshdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olib, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar soni 1 million 200 ming nafarni tashkil etdi. O‘tgan yildan boshlab xalqaro IT-sertifikatlarga o‘qish xarajatlarini 50 foizgacha qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. 215 ming nafar yoshlar xalqaro onlayn kurslarni bitirib, sertifikat oldi.

Bularni davom ettirgan holda, kelgusi yildan boshlab, har yili 5 ming nafar iqtidorli yoshlarni saralash, o‘qitish hamda halqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimi joriy etiladi. Xorazm viloyatida “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasida o‘qitish boshlanadi. Umuman, IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni xalqaro kompaniyalar talabiga mos dasturlar asosida tayyorlash va ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Shu yerda kosmik geoaxborot tizimi orqali suv omborlari hamda yer qa’ridan foydalanish holatlarini monitoring qilish dasturi haqida ma’lumot berildi.

Prezident vazirlikning “O‘zinfokom – Yagona integrator” ofisida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

- Sizlar hozirgi islohotlarda bizning eng ishongan kuchimiz. Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yanada oshadi. Har bir soha va hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda sun’iy intellekt asosida biometrik identifikasiya qilish, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektr ta’minoti billingi bo‘yicha axborot berildi. Davlatimiz rahbari ijtimoiy sohalar, ayniqsa, tibbiyot sohasining raqamli tizimini takomillashtirish, odamlarni rozi qilish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimizga Samarqand viloyati Nurobod tumanida tashkil etilgan “IT Village” haqida so‘zlab berildi. Bu majmua 1-9 sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari bilan tanishtirish va bunga qiziqtirish, ularga ilk ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari bunday majmualarni barcha hududlarda barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

"Manchester Siti" ham Abduqodir Husanovga murojaat qildi

"Манчестер Сити" ижтимоий тармоқларда янги пост қолдирди.

Eron oliy rahbari televideniye orqali murojaat qiladi

Али Хоминаий яқин соатларда телевидение орқали халққа мурожаат қилиши кутилмоқда.

Galibaf: “Eronning javobi shunchalik dahshatli bo‘ladiki, ular yolvorib uzr so‘rashadi”

Эрон парламенти спикери АҚШ ва Исроилга “вайронкор жавоб” билан таҳдид қилди.

Ronaldu o‘z maqsadiga erishdi

Криштиану Роналду яқинда клуб бошқарувидан норозилигини билдириб, "Ан-Наср"нинг бир нечта ўйинига бойкот эълон қилган эди.

Eron nega arab davlatlariga zarba bermoqda?

Кўпчилик нега эронликлар Форс кўрфазидаги араб монархиялари ҳудудларига зарба бераётганини тушунмаяпти. Ахир улар яширинча Эрон нефтини сотишда ёрдам берган, тинчлик тарафдори бўлган, гўёки бевосита алоқаси йўқ эди, деган фикр бор.

Tojikistonda “taxt” tranzitiga tayyorgarlik boshlandimi?

Тожикистонда эҳтимолий “тахт” транзити ҳақидаги гап-сўзлар яна кучайди.

Eron oliy rahbariga uyushtirilgan hujum qanday tayyorlangan edi?

АҚШ Марказий разведка бошқармаси Эрон олий раҳбари Али Хоманаий вафот этишидан олдин бир неча ой давомида уни кузатиб борган.

AQShda “asrning eng ijobiy burilishi” yuz berdi

Мазкур чиқиш Россия босқинининг тўрт йиллиги санасига тўғри келган бўлса ҳам Украинадаги уруш қисқача тилга олинди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Qoraqalpog‘istondagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qoraquloq muhrlandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси тасарруфидаги “Борсакелмас” давлат буюртма қўриқхонасида ўрнатилган фотоқопқонларга қорақулоқ муҳрланди.

Er yuzidagi sovuqlik rekordi qayd etildi

"Восток" станциясидаги олимлар 15 февраль санаси учун Ер юзасидаги энг паст ҳароратни қайд этишди.

AQSh va Isroil Xomanaiyning joylashuvini qanday aniqladi?

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Али Хоманаий ҳалок бўлган ҳужум одатдагидек тун ярмида эмас, балки эрталаб содир этилган.

Xitoy qanday yo‘l tutadi?

Пекин Яқин Шарқда тинчлик ва барқарорликни сақлаш учун барча саъй-ҳаракатларни қўллашга чақирмоқда.

Turkiya qasos sifatida AQSh harbiy bazasiga zarba berdimi?

Бу ҳақда Туркия аксил-дезинформация маркази баёнот берди.

London Ukrainadan yordam so‘radi

Британия ҳукумати раҳбарининг сўзларига кўра, Лондон АҚШга Эронга қарши амалиётлардa Британия базаларидан фойдаланишга рухсат берган

Eron muzokaraga rozi bo‘ldimi?

АҚШ президенти бу ҳақда The Atlantic нашрига берган интервюсида айтди.

Larijoniy: Eron uzoq muddatli urushga tayyor

Бу ҳақда Tasnim News Agency хабар берди.

Ispaniya AQShga Eronga qarshi bazalarini berishdan voz kechdi

Бу ҳақда Хосе Мануэл Албарес ва Мария Хесус Монтэро 2 март куни El Periodico нашрига маълум қилган.

Tramp AQSh Eron­ hududida quruqlikdagi amaliyot boshlashni istisno etmadi

"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.

Eron oliy rahbarining o‘ldirilishi dunyo miqyosida zo‘ravonlikka yo‘l ochadigan xavfli burilish bo‘ldi

Бундай фикрни Эроннинг Россиядаги элчиси Козим Жалолий билдирди.

48 soat ichida 60 ta strategik nishon va 500 ta ob’ektga zarba berildi

Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.

Medvedev: Eron to‘qnashuvga bardosh bera oladi, ammo narxi yuqori bo‘ladi

У бу ҳақда 2 март куни TASSга берган шарҳида маълум қилди.

Tramp: AQSh hali Eronga yirik zarbalarni boshlamagan

Бу ҳақда CNN 2 март куни хабар берди.

Makron Fransiyaning yadroviy kallaklari sonini oshirishni buyurdi

Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.

DXX: Toshkentdagi narkolaboratoriyadan yirik miqdorda giyohvand moddalar chiqdi

Тошкент шаҳрида аниқланган нарколабораториядан катта миқдорда гиёҳванд моддалар ва прекурсорлар олинди.

Netanyaxu hujumlardan omon qoldi

Бинямин Нетаньяху офисига қилинган ҳужумлардан омон қолгани маълум бўлди.

Agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini atigi bir oyga to‘sib qo‘ysa, YEIda gaz narxi 130%ga oshishi mumkin

Бу ҳақда “Goldman Sachs” инвестиция банки маълум қилди.

AQSh va Isroil hujumlari oqibatida Erondagi maktabning 170 nafar o‘quvchi va pedagog hodimi halok bo‘ldi

Бу ҳужумдан олдин, Минаб шаҳридаги қизлар мактабига қилинган ҳужум оқибатида 40 нафар ўқувчи ҳалок бўлгани маълум қилинган эди.

Hizbulloh Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Ҳизбуллоҳ Ливан давлатини эмас, Эрон режимини танлади ва тинч аҳолимизга ҳужум қилди.

Prokuratura xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.

Eron janubidagi fojia: Qizlar maktabiga berilgan zarba qurbonlari 165 nafarga yetdi

Бу ҳақда маҳаллий ҳукуматга таяниб "Fars" агентлиги хабар берди.

Netanyaxu Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishini bildirdi

Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху Эронга қарши ҳужумлар янада кучайтирилишини маълум қилди. Бу ҳақда у ўзининг «Х» (собиқ Twitter) саҳифасида ёзган.

Tramp: Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi

Унинг айтишича, айнан шу сабабли АҚШ Эронга қарши ҳужум уюштирган.

Yaqin Sharqda logistika izdan chiqmoqda

Бу ҳақда Bloomberg хабар берди.

Isroil armiyasi 100 ming zaxirachini jalb etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Исроил армияси — Israel Defense Forces — Эронга қарши «Арслон нидоси» операцияси доирасида тахминан 100 минг нафар захирачи ҳарбийни қабул қилишга тайёргарлик кўрмоқда.

AQSh va Isroil rahbarlari Eron masalasida keskin bayonotlar berdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.