Prezident: bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak

Prezident: bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak

Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida  viloyat, shahar va tumanlarda mahalliy kengashlar, joylardagi hokimlik va boshqaruv idoralari o‘z hududidagi vaziyatni chuqur tahlil qilib, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda karantin qoidalarini qayerda zarur bo‘lsa kuchaytirishi, qayerda zarur bo‘lsa yumshatishi lozimligi ta’kidlandi:

"Masalan, qishloq joylarda aholi shahardagidek tig‘iz emas. Kasallik tarqamagan hududlarimiz ham ko‘p. Bu yerlarda hozirgi paytda hamma dalada ish bilan band, odamlarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Bunday tumanlarda qishloq mehnatkashlarining bemalol ishlashi, mahsulotini xaridorlarga yetkazib berishi uchun barcha sharoitni yaratishimiz kerak. Chunki yozning bir kuni qishning o‘n kunini boqadi.

Hech kimga sir emas, bu yildan boshlab oziq-ovqat masalasi dunyo miqyosida hal qiluvchi o‘ringa chiqadi. Chunki koronavirusni yengish ham, xalq farovonligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ham avvalo shunga bog‘liq. Shuning uchun bizda doimo uch oylik oziq-ovqat zaxirasi shay turishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!