Press-tur: OAV vakillari Toshkent shahridagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar bilan yaqindan tanishdilar

Press-tur: OAV vakillari Toshkent shahridagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar bilan yaqindan tanishdilar

Bugun, 23-sentyabr kuni Energetika vazirligi va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Toshkent shahrida elektr energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil qilindi.

Xususan, shahar iste’molchilarining katta qismini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi — Olmazor tumanidagi «Sag‘bon», Mirobod tumanidagi «Qo‘qon», Yunusobod tumanida «Yunusobod» va Yashnobod tumanidagi yangidan qurib ishga tushirilgan yuqori kuchlanishli «Olmos» podstansiyalari ko‘zdan kechirildi.

Avvalo poytaxtda eng katta podstansiyalardan biri hisoblanuvchi Olmazor tumani elektr tarmoqlari «Sag‘bon» podstansiyasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur podstansiyada kuz- qish mavzumiga tayyorgarlik ishlari deyarli tugallanganligi hamda o‘ta zo‘riqish bilan ishlab kelayotgan, quvvati 25000 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 40000 kVA bo‘lgan transformatorga almashtirilganligi aytildi.

Ma’lumot o‘rnida, bu podstansiya 17 ta mahallaga elektr energiyasi taqsimlaydi. Umumiy aholi iste’molchilari soni 19 mingdan ortiq.

Press-turda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari joriy yil kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, mavsumni betalofat o‘tkazish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil ma’lumot berdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!