Polshaning eng xavfli qochoqlaridan biri Ispaniyada hibsga olingan

Polshaning eng xavfli qochoqlaridan biri Ispaniyada hibsga olingan

Ispaniya milliy polisiyasi narkotiklar, qurol-yarog‘ va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi, shuningdek, jinoiy tashkilotga a’zolikda gumonlanayotgan Polshaning eng xavfli va suddan qochgan shaxslardan birini qo‘lga oldi. Bu haqda qirollik huquq-tartibot idoralari bayonotida ma’lum qilindi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Marbelada (Andalusiya avtonom jamoasi) qo‘lga olingan. Unga 50 yildan ortiq qamoq jazosi kutilmoqda.

Gumonlanuvchi Ispaniyada taxminiy ism bilan va polisiyadan qochish uchun qattiq xavfsizlik choralari ostida bo‘lgan.

Tergov o‘tgan yil oxiridan beri davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!